✦ Odoo ERP — Savdo, Ishlab Chiqarish va HR Integratsiyasi

Tizimlashmagan Biznes Har Kuni Pul Yo'qotadi.Tizimlashgani Esa Avtopilotda O'sadi.

Savdo, ombor, moliya, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishni bitta Odoo ERP tizimiga bog'laymiz. Xomashyo isrofi, stanoklar to'xtashi va oylik hisobidagi urushlarga chek qo'ying.

  • ✓ 45 daqiqalik tekin diagnostika va audit
  • ✓ 1-oyda birinchi ishchi modul (Savdo + Ombor) ishga tushishi
  • ✓ Bosqichma-bosqich to'lov va 1C/Excel ma'lumotlarini to'liq ko'chirish
Reallik qanday?

Ikki Xil Biznes: Biri Xaosda Yashaydi, Ikkinchisi Raqamlarga Tayanadi

Biznesingiz qaysi biriga o'xshaydi?

1. Ishlab Chiqarish va Xomashyo (MRP)
Tizimlashmagan Kompaniya

Xomashyo vaqtida kelmay stanoklar va liniya to'xtaydi. Tayyor mahsulotning real tannarxi (xomashyo, svet, oylik, brak) hisoblanmaydi. Tannarx taxminiy qo'yiladi.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Retseptura (BOM) bo'yicha xomashyo avto-zaxiralanadi. Har bir dona mahsulotning real tannarxi va stanoklar unumdorligi real vaqtda ko'rinadi.

2. Xodimlarni Boshqarish va HR (Payroll)
Tizimlashmagan Kompaniya

Davomat, oylik, bonus va KPI lar Excel va qog'ozda yuritiladi. Har oy oxirida xodimlar bilan oylik hisobida urush va tortishuvlar bo'ladi.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Davomat (Attendance), avtomatik KPI va oylik hisob-kitob (Payroll) tizimda bog'lanadi. Xodimlar o'z bonusini real vaqtda ko'rib ishlaydi.

3. Moliya va Naqd Pul
Tizimlashmagan Kompaniya

Pul qayerga ketayotgani noaniq. Kassada pul borga o'xshaydi, lekin oy oxirida kassa uzilishi (кассовый разрыв) yuz beradi. Haqiqiy P&L va Cashflow yo'q.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Har kuni real vaqtda Balance Sheet, P&L va Cash Flow ko'rinadi. Biror so'm ham noma'lum teshikka oqib ketmaydi.

4. Ombor va Tovar
Tizimlashmagan Kompaniya

Ombor – qora quti. Top-tovarlar tugab qolib sotuv yo'qotiladi, bozori chaqqon bo'lmagan tovarlar esa 180+ kunlab omborda pulni muzlatib yotadi.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Min/Max avto-buyurtma qoidasi ishlaydi. 90/180/365 kunlik muzlagan tovarlar grafikda ko'rinadi, avtomatik xarid shakllanadi.

5. Nasiya va Debitorlik
Tizimlashmagan Kompaniya

Sotuvchilar plan uchun xohlagan mijozga nasiya beradi. 90+ kunlik nasiyalar unutiladi. Pul mijozlarning cho'ntagida muzlab yotadi.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Mijozga avtomatik kredit-limit qo'yiladi. Limit oshsa, tizim yangi sotuvni bloklaydi. Nasiya to'lovlari grafigi avtomatlashadi.

6. Marja va Chegirmalar
Tizimlashmagan Kompaniya

Sotuvchilar marjani o'ylamay o'z bilganicha chegirma beradi. Bojxona va logistika tannarxga to'g'ri bo'linmagani uchun foyda qog'ozda bor, kassa yo'q.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Sotuv lahzasida real marja ko'rinadi. Limitdan ortiq chegirma faqat rahbar tasdig'i bilan beriladi. Landed costs tannarxni aniq hisoblaydi.

7. Xodimlarga Qaramlik
Tizimlashmagan Kompaniya

Biznes bitta omborchi, buxgalter yoki top-sotuvchining xotirasida yashaydi. U ketsa yoki kasal bo'lsa — butun ish to'xtaydi.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Jarayonlar shaxslarga emas, tizimga bog'langan. Yangi xodim 3 kunda ishga kirishadi. Tizim kim nima qilganini qayd etib boradi.

8. Rahbarning Vaqti va Stressi
Tizimlashmagan Kompaniya

Rahbar 24/7 "o't o'chirish" bilan band. Kun boyi telefon, Excel chalkashliklari va xodimlar urushini hal qilishga umri o'tadi.

Odoo ERP Bilan Tizimlashgan

Rahbar operatividan bo'shaydi. Tizim real vaqtda indikatorlarni ko'rsatadi. Rahbar strategiya va o'sish bilan shug'ullanadi.

Harakat qilmaslik narxi

Agar Hozir Tizimlashtirishni Kechiktirsangiz, Nimani Yutqazasiz?

Kechiktirilgan har bir oy — boy berilgan foyda va oshib borayotgan xaos demakdir.

10% Isrof

Ishlab chiqarish to'xtashi va Xomashyo isrofi

Retsepturaning yo'qligi va xomashyo nazoratsizligi sababli har oy 10% gacha xomashyo isrof bo'ladi va liniya to'xtashi tufayli buyurtmalar kechikib, mijozlar yo'qotiladi.

2% - 5%

Aylanmaning 2%-5% Qismini Yo'qotasiz

Muzlagan ombor va kechikkan nasiyalarda har yili aylanmangizning 2% dan 5% gacha qismi shunchaki yo'qoladi.

3x Orqada

Bozor Ulushini Boy Berasiz

Tizimlashgan raqobatchilar 3x tezroq o'sadi va bozordagi eng yaxshi mijozlarni o'ziga jalb qiladi.

24/7 Stress

Salomatlik va Vaqt Yo'qoladi

Biznes egalik qilish o'rniga, o'z biznesingizning eng mehnatkash va charchagan quliga aylanasiz.

Balandparvoz gaplar emas — oddiy arifmetika:

Bu muammolar yiliga qancha turadi?

$200 000/yil

$1 mln aylanma mablag' krediti 20% stavkada shuncha foiz xarajati degani. Xuddi shu pul ko'pincha ombor va debitorda muzlab yotadi — kreditni tashqaridan emas, biznes ichidan olish mumkin.

30 kun

Debitor muddati (DSO) 120 kundan 90 kunga tushsa, bir oylik oborot pul kassaga qaytadi. Buning uchun yangi mijoz kerak emas — tizimli nazorat kerak.

1%

$20 mln oborotda atigi 1% margin yo'qolishi — yiliga $200 000. Nazoratsiz chegirmalar, noto'g'ri tannarx, kurs farqi — shu 1% qayerda yo'qolayotganini hozir ko'ra olasizmi?

Tekin Diagnostika Olish →
Chuqur Tekshiruv

Pulingiz qayerda muzlab yotibdi?

Quyidagi savollarga javob bera olasizmi? Bera olmasangiz — demak bu joyda biznes pul yo'qotyapti. Har bir muammoning Odoo'dagi aniq yechimi bor.

Ombor: kapital muzlashi

  • Ombordagi qoldiq hozirgi sotuv tezligida necha kunga yetadi?
  • 180 kundan beri yotgan tovar qancha pulni ushlab turibdi?
  • Sekin sotiladigan tovar paydo bo'lsa, sizga avtomatik signal keladimi?

Odoo qanday yechadi

Odoo Inventory qoldiqni real vaqtda ko'rsatadi. Har bir tovar uchun min/max belgilanadi — zaxira kamayishi bilan tizim o'zi buyurtma ochadi (reordering rule). Tovar yoshi hisoboti 90/180/365 kunlik qoldiqni ajratib beradi: nima muzlab yotganini taxmin qilmaysiz — ko'rasiz.

Debitor: pul mijozda

  • 90 kundan oshgan debitor qarz qancha?
  • Limitdan oshgan mijozga tizim avtomatik stop beradimi yoki sotuvchining insofiga qolganmi?
  • Sotuvchi bonusni savdodan oladimi yoki tushgan puldanmi?

Odoo qanday yechadi

Odoo'da har mijozga kredit limiti qo'yiladi — limitdan oshsa, yangi sotuv avtomatik bloklanadi. Qarzlar muddat bo'yicha (0-30, 31-60, 90+) hisobotda ko'rinadi, kechiktirgan mijozga eslatma xatlari tizimning o'zidan jadval bo'yicha ketadi.

Margin: foyda oqib ketishi

  • Har bir tovar, mijoz va sotuvchi bo'yicha real marginni ko'ra olasizmi?
  • Sotuvchi o'zi xohlagancha chegirma bera oladimi?
  • Import xarajatlari — bojxona, transport, sertifikat — tannarxga to'g'ri taqsimlanganmi?

Odoo qanday yechadi

Odoo Sales'da sotuv paytidayoq margin ko'rinadi. Chegirmaga limit qo'yiladi — limitdan oshgan chegirmani faqat rahbar tasdiqlaydi. Landed costs mexanizmi logistika va bojxona xarajatlarini har bir tovar tannarxiga taqsimlaydi — margin qog'ozda emas, realda hisoblanadi.

Zakup: pulni to'g'ri sarflash

  • Zakup nimaga asoslanadi — zakupchining tajribasigami yoki sotuv tarixi va prognozgami?
  • Bitta so'rovga bir nechta supplier narxi solishtiriladimi?
  • Qaysi supplier muntazam kechikishini statistika bilan bilasizmi?

Odoo qanday yechadi

Odoo Purchase bitta so'rovni bir nechta supplierga yuborib, narxlarni yonma-yon solishtiradi. Zakup sotuv tezligi va min/max qoidalarga asoslanadi — his-tuyg'uga emas. Har supplier bo'yicha yetkazib berish muddati va kechikish statistikasi avtomatik yig'iladi.

Yo'qotilgan sotuvlar

  • Mijoz so'radi, tovar yo'q edi — bu holatlar qayd qilinadimi?
  • Eng ko'p sotiladigan tovarlar oyiga necha marta tugab qoladi?
  • Stockout tufayli qancha revenue yo'qotganingizni hisoblay olasizmi?

Odoo qanday yechadi

Odoo'da sotuvchi qoldiqni real vaqtda ko'radi — yo'q tovarni sotib yubormaydi. Prognoz va to'ldirish qoidalari TOP tovarlar tugab qolishining oldini oladi: tovar tugashidan oldin buyurtma ochiladi, yo'qotilgan sotuv esa taxmin emas, hisobot bo'ladi.

Odamlar va vaqt

  • Nechta xodim bitta ma'lumotni qayta-qayta kiritadi?
  • Oyni yopish necha kun oladi?
  • Bitta odam ishdan ketsa, jarayon to'xtab qoladimi?

Odoo qanday yechadi

Odoo'da ma'lumot bir marta kiritiladi va sotuvdan omborga, ombordan buxgalteriyaga o'zi o'tadi. Bank ko'chirmasi avtomatik solishtiriladi (reconciliation). Jarayon odamning xotirasiga emas, tizimga yoziladi — biznes 30% o'ssa ham, shtat 30% o'smaydi.

Xavfsiz va Aniq Reja

Xaossiz va Biznesni To'xtatmasdan Tizimlashtirish Rejasi

  1. 1

    Tekin Diagnostika (45 minut)

    Biznesingizdagi eng og'riqli 3 ta teshikni aniqlaymiz va pul qayerda muzlayotganini ko'rsatamiz.

  2. 2

    Loyiha Xaritasi va Byudjet

    Modullar, muddat va bosqichma-bosqich to'lov rejasi kelishiladi.

  3. 3

    Odoo ERP Modullarini Joriy Etish

    1-oyda birinchi modul (Savdo + Ombor) ishga tushadi. 1C va Excel ma'lumotlari ko'chiriladi.

  4. 4

    Xodimlarni Amaliy O'qitish

    Real ma'lumotlarda o'qitish va har bir bo'limni yangi tizimga moslashtirish.

  5. 5

    Avtopilot va Uzluksiz Support

    Uzluksiz texnik yordam, yangi jarayonlar va tizimning uzluksiz o'sishi.

Raqamlar joriy qilishdan oldingi va keyingi holatni solishtiradi.

Mijozlarimiz Natijalari

O'zbekiston–Malayziya QK

Agrifoods

Qo'shma korxonaning sotuv, zakup, ombor va moliyasi alohida dasturlar va Excel'da yashardi — jamlama hisobot haftalab kechikardi.

Sales, Purchase, Accounting, Inventory, Expenses, CRM, Employees, Payroll, Approvals, Attendance — 10 modulni bitta tizimda birga ishlatib, kompaniyaning ichki jarayonlariga mosladik. Ustiga 5 tadan ortiq custom app yozdik. Bugun rahbariyat Balance Sheet, Profit & Loss va Cash Flow hisobotlarini istalgan daqiqada real vaqtda ko'radi.

10 modul + 5 custom app · oy yakuni 7 kun → 1 kun

Malayziya

Bathich

Rahbariyat qarorlari qo'lda yig'iladigan Excel hisobotlarga bog'liq edi — raqamlar kechikar va bo'limlar orasida to'g'ri kelmasdi.

Sales, Purchase, Accounting, Inventory, Expenses, CRM, Employees, Payroll modullarini ichki tartib-qoidalarga moslab joriy qildik, 7 tadan ortiq custom app va Excel ko'rinishidagi jonli dashboard qurdik — barcha ko'rsatkichlar endi tizimning o'zida shakllanadi. Balance Sheet, Profit & Loss va Cash Flow — oy oxirini kutmasdan, jonli holda.

7+ custom app · hisobot 5 kun → real-time

Qozog'iston

Palmira

Davomat, oylik hisobi va tasdiqlashlar qog'oz hamda tarqoq jadvallar bilan boshqarilardi — har oy xatolar va tortishuvlar chiqardi.

Odoo ERP'ni o'rnatib, Sales, Purchase, Accounting, Inventory, Expenses, CRM, Employees, Payroll modullarini bitta oqimga uladik; davomat va oylik to'liq avtomatlashtirildi, 4 tadan ortiq custom app yozildi. Balance Sheet, Profit & Loss va Cash Flow hisobotlari har kuni real vaqtda ko'rinib turadi.

4+ custom app · oylik hisobi 4 kun → 1 soat

Keys tafsilotlari diagnostika uchrashuvida ko'rsatiladi.

✦ 100% TEKIN VA MAJBURITYATSIZ AUDIT

Diagnostika Yakunida Sizga Beriladi:

  • 📄 1. Pulingiz muzlayotgan 3 ta nuqta bo'yicha Shaxsiy PDF Audit Hisoboti
  • 💻 2. Biznesingiz uchun Odoo ERP'ning tayyor Demo-Strukturasini ko'rish
  • 🗺️ 3. 1C va Excel'dan bezarar o'tish bo'yicha Bosqichma-bosqich Reja
📍 Uchrashuv formati: Sizga qulay Zoom orqali yoki Toshkentdagi ofisingizda

Biznesingizdagi Qaysi Teshikdan Pul Oqib Ketayotganini 45 Daqiqada Bepul Aniqlang

🔒 Raqamingiz maxfiy saqlanadi. Faqat diagnostika bo'yicha bog'lanamiz.

Ko'p beriladigan savollar

Narx qanday shakllanadi?

Diagnostikadan keyin aniq taklif beramiz: qamrov (qaysi modullar), muddat va byudjet. To'lov bosqichma-bosqich — har bosqich yakunida ishlaydigan natijani ko'rasiz. Diagnostikaning o'zi bepul.

Joriy qilish qancha vaqt oladi?

Bitta yo'nalish (masalan, sotuv + ombor) odatda 1-2 oyda ishga tushadi. To'liq qamrov — moliya va ishlab chiqarish bilan — biznes hajmiga qarab 3-6 oy. Hammasini birdan emas, eng og'riqli jarayondan boshlaymiz.

Hozir 1C va Excel'da ishlaymiz. Ma'lumotlar ko'chiriladimi?

Ha. Mijozlar bazasi, tovar katalogi, qoldiqlar va ochiq qarzlar Odoo'ga ko'chiriladi. O'tish davri rejalashtiriladi — biznes bir kun ham to'xtamaydi.

Xodimlar yangi tizimda ishlay olmasa-chi?

O'qitish loyihaning majburiy qismi: har bo'lim o'z jarayoni bo'yicha real ma'lumotlarda o'rgatiladi. Odoo interfeysi Excel'dan murakkab emas — qarshilik odatda birinchi haftadan keyin tugaydi.

Ma'lumotlarimiz xavfsizligi qanday ta'minlanadi?

Tizim sizning serveringizda yoki alohida bulut serverda joylashadi — ma'lumot faqat sizniki. Har bir xodim faqat o'z roliga ruxsat berilgan bo'limni ko'radi, har bir amal tarixda qoladi.

Bu IT muammomi yoki biznes jarayon muammomi?

Ko'pincha jarayon muammosi. Shuning uchun biz dasturdan emas, diagnostikadan boshlaymiz: avval jarayon to'g'rilanadi, keyin tizimga yoziladi. Tartibsiz jarayonni avtomatlashtirsangiz — tartibsizlik shunchaki tezlashadi.

Biznesimiz katta emas. ERP bizga ham keraklimi?

Savol hajmda emas: qoldiqni bilmaslik, debitorni unutish, marginni ko'rmaslik kichik biznesga ham xuddi shunday qimmatga tushadi. Odoo modulli — kichik boshlab, o'sgan sari kengaytirasiz. Ortiqcha narsa uchun to'lamaysiz.

Ishlab chiqarishimiz bor. Odoo uni ham qamraydimi?

Ha. Odoo Manufacturing (MRP) ishlab chiqarish rejasini sotuv prognoziga ulaydi, xomashyo va WIP hisobini yuritadi, stanoklar yuklamasi va to'xtash sabablarini ko'rsatadi. Qaysi uchastka butun zavodni sekinlashtirayotgani raqamda ko'rinadi.